AsosiySport

2030 yilgi qishki Olimpiada mezbonligi uchun asosiy nomzodlar ma`lum bo`ldi

'2030 yilgi qishki Olimpiada mezbonligi uchun asosiy nomzodlar ma`lum bo`ldi'ning rasmi

2030 yil bo`lib o`tadigan XXVI qishki Olimpiya o`yinlari mezbonligi uchun kurash avjida. Boisi, uni qabul qilishga bel bog`lagan aksariyat shaharlarda katta tajriba bor. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati ma`lum qildi

Ulardan biri Yaponiyaning Sapporo shahridir. Shahar 1972 yil qishki Olimpiada mezbonligini qabul qilgan. Shahar meri bo`lajak Olimpiya o`yinlari Yaponiya va XOQ uchun kam harajatli bo`lishiga ishonmoqda. Uning so`ziga ko`ra, musobaqani qabul qiladigan ob`ektlarning 92 foizi qurib bo`lingan. Faqatgina 1972 yil qad ko`targan inshootlarni zamonaviy rekonstruksiya qilish talab etiladi.

Shuningdek, 2030 yilgi qishki Olimpiada mezbonligiga Sapporodan tashqari Solt-Leyk-Siti (AQSh), Vankuver (Kanada) hamda Barselona-Andorra-Pireney qo`shma arizalari kelib tushgan. Ma`lumki, AQShning nomzod shahri 2002 yil, Vankuver esa 2010 yil oq Olimpiadani qabul qilgan. Shu bois ushbu shaharlardagi mavjud infratuzilma Sapporodagidan qolishmaydi.

Ma`lumot uchun, 2030 yilgi qishki Olimpiada mezboni kelasi yil Hindistonda o`tadigan XOQning 140-Sessiyasida e`lon qilinishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar