Eron poytaxti Tehron shahrida parataekvondo bo`yicha Butunjahon taekvondo federasiyasi prezidenti (Osiyo qit`asi) kubogi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston taekvondo WT assosiasiyasi matbuot xizmati ma`lum qildi.
Unda o`zbekistonlik parataekvondochilar 2ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza jami 7ta medalni qo`lga kiritishdi.
Yana bir e`tiborli jihati, Guljanoy Naimova musobaqaning eng yaxshi ayol sportchisi nomiga munosib ko`rilgan bo`lsa, terma jamoamiz treneri Bobur Qo`ziev musobaqaning eng yaxshi treneri deb topildi.
Ma`lumot uchun, para taekvondo bo`yicha ayollar terma jamoamiz yakunda umumjamoa hisobida 1-o`rinni egalladi va maxsus kubok bilan taqdirlandi.
Sovrindor bo`lgan o`zbekistonlik sportchilar:
Oltin medal
Ziyoda Isoqova
Guljanoy Naimova
Kumush medal
Zuhriddin Tohirov
Asadbek Toshtemirov
Bronza medal
Sanjar Muhtorov
Qudrat Haydarov
Javohir Aliqulov






