“Kopa Amerika-2016” turnirining “D” guruhi 2-turida Chili terma jamoasi Boliviyaga qarshi bahs olib bordi. Mazkur o`yinda 2:1 hisobida chililik futbolchilar zafar quchdi.
Uchrashuvnig 46 daqiqasida Vidal hisobni ochdi. 61 daqiqada Kampos muvozanatni tikladi. O`yinning 90+10 daqiqasida Vidal penaltidan unumli foydalanib, jamoasiga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
So`nggi turda Chili terma jamoasi Panama bilan kuch sinashadi va ushbu o`yinda pley-off ishtirokchisi nomi ma`lum bo`ladi.
Chili – Boliviya 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 46 Vidal, 1:1 – 61 Kampos, 2:1 – 90+10, penalti Vidal.





