Argentina terma jamoasi AQShda davom etayotgan Kopa Amerika-2016 futbol turnirining chorak finaliga chiqdi.
“D” guruhi 2-turida Argentina Panamani 5:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Messi ushbu o`yinda xet-trik muallifiga aylandi. Otamendi va Aguero bittadan gol kiritishdi.
Uchinchi turda Xerardo Martino shogirdlari Boliviya bilan kuch sinashadi.
Argentina – Panama 5:0 (1:0, 4:0)
Gollar: 1:0 – 7 Otamendi, 2:0 – 68 Messi, 3:0 – 78 Messi, 4:0 – 87 Messi, 5:0 – 90 Aguero.





