​Navro`z dasturxonidan tanovul qilishda nimalarga e`tibor berish kerak?

Salomatlik 21.03.2022, 09:49
​Navro`z dasturxonidan tanovul qilishda nimalarga e`tibor berish kerak?

Navro`z bayrami arafasida ayollar bahoriy ayyom dasturxonini qanday taomlar bilan to`ldirish haqida bosh qotirayotgani sir emas. SSV matbuot xizmati bu borada Aholining sog`lom turmush tarzini qo`llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Barno ODILOVAning to`g`ri ovqatlanish bo`yicha maslahatlarini taqdim etdi.

— Inson sog`lig`i ovqatlanishning alohida tarkibiga, mahsulotlar va taomlarning sifatiga bevosita bog`liq bo`ladi. To`g`ri ovqatlanish barcha ma`lum bo`lgan kasallik holatlarining 80 foizining oldini olishda ahamiyatlidir.

Navro`z ayyomi kunlarida xalqimiz ko`klamga etganlik shukronasi sifatida, mahallalarda bayram sayllari o`tkazish taraddudida bo`ladi. Shu kunlarda dasturxonga ko`klam taomlarni bilan birgalikda o`nlab turdagi eguliklar, taomlar, pishiriqlar va shirinliklar qo`yiladi. Bu esa bahorgi holsizlik bilan yuzma-yuz turgan inson organizmi  uchun ancha og`irlik qilishi turgan gap.

Ovqat to`liq hazm bo`lmasdan turib, yana taom eyilsa, hazm jarayoni og`irlashadi. Chunki oshqozonda ovqat ustiga yana taom tushishi shira aralashish me`yorini buzadi. Bu o`z o`rnida kishida qorin g`uldirashi, dam bo`lishi va lohaslik kabi holatlarning paydo bo`lishiga sabab bo`ladi.

Ma`lumki, me`da ovqatga to`lib ketsa, uning harakat funksiyasi yomonlashadi, natijada oshqozondagi oziq moddalarning shira bilan aralashishi qiyinlashib, hazm jarayoni izdan chiqadi.

Agar qorin to`yishiga oz qolganda ovqatdan qo`l tortilsa, kishi hazm a`zolarining ishi engillashadi, odam o`zini yaxshi his qiladi va keyingi ovqatlanishga ishtaha saqlaydi.

Demak, bayram kunlarida noxush holatlarga barham berish uchun, avvalo, ovqat iste`mol qilish tartibiga rioya qilish lozim. Kun davomida sabzavotli salatlar, oshko`klar, ho`l mevalardan, ko`klam ne`matlaridan oz-ozdan iste`mol qilingani ma`qul.

Tabiiy mahsulotlar ko`proq eyilganda 50 foiz hollarda hazm qilish a`zolari yaxshi ishlaydi. Natijada me`da-ichaklar ishi osonlashib, organizmning ovqat hazmiga sarflanadigan energiyasi birmuncha tejaladi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1