Angliya Kubogi yarim finaliga qur`a tashlandi.
Unga ko`ra, "Manchester Siti" va "Liverpul" jamoalari o`zaro kurash olib boradi. Ikkisi ham chorak final bahsida muvaffaqiyat qozonishdi.
Yana bir juftlikda esa "Chelsi" klubi mehmonda "Kristal Pelas" bilan kuch sinashadi.
Ma`lumot uchun, yarim final bellashuvlari 16 va 17 aprel kunlari "Uembli"da o`tkaziladi.






