Xiva shahrida og`ir atletika bo`yicha o`smirlar va kattalar o`rtasidagi mamlakat birinchiligi o`z yakuniga etdi. So`nggi kun dasturida og`ir vaznli polvonlar o`zaro bahs olib borishdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi ma`lum qildi.
Ahamiyatli tomoni, bu musobaqada Akbar Jo`raev eng og`ir vazn toifasi, ya`ni +109 kgda ishtirok etdi. Tokio-2020 chempioni va rekordchisi dast ko`tarishda 185 kg, siltab ko`tarishda 232 kg va ikki kurash bo`yicha 417 kg natija ko`rsatdi. Shuningdek, Rio-2016 chempioni Ruslan Nurudinov -109 kg vaznda yana bir karra mamlakat chempionligini qo`lga kiritdi. Og`ir vazn toifalarida chempionlarimiz qayd etilgan natijalar:
-96 kg: Hojiakbar Olimov (Samarqand) – 328 (150+178) kg
-102 kg: Sunnat O`sarov (Toshkent vil) – 371 (170+201) kg
-109 kg: Ruslan Nurudinov (Andijon) – 415 (185+230) kg
+109 kg: Akbar Jo`raev (Toshkent vil) – 417 (185+232) kg






