AsosiySport

Parij-2024 uchun qancha chipta sotuvga chiqariladi?

'Parij-2024 uchun qancha chipta sotuvga chiqariladi?'ning rasmi

Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o`yinlari uchun umumiy hisobda 13.4 million dona chipta sotuvga chiqariladi. Bu haqda tashkiliy qo`mita ma`lum qilmoqda. Ulardan 10 milliontasi Olimpiya, 3.4 million tasi esa Paralimpiya o`yinlariga ataladi.  

Qo`shimcha qilinishicha, mazkur chiptalar sotuvi raqamli platforma orqali yo`lga qo`yiladi. Bu musobaqani tomosha qilish uchun keladigan muxlislarga qulaylik yaratishi maqsadida amalga oshirilmoqda. Platforma sotuvi tenderga qo`yilgan bo`lib, hozirgacha uni yutib olish uchun mamlakatning 3 yirik kompaniyasi raqobat olib bormoqda.  

Olimpiya o`yinlari chiptalarning bir milliontasi 24 evro (26.5 AQSh dollari) va 500 000 dona Paralimpiya o`yinlari chiptasi 15 evro (16.5 AQSh dollari) narxida bo`ladi. Bunda eng ommabop hisoblangan engil atletika, suzish va boshqa yo`nalishlardagi bahslar uchun chiptalar ham ko`zda tutilgan. Olimpiya o`yinlariga mo`ljallangan chiptalarning yarmi 25-50 evro (26.5-55 AQSh dollari) qilib belgilanishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar