Italiyaning “Napoli” klubi hujumchi Gonsalo Iguainga yaxshilangan shartlardagi yangi kelishuv taklif qildi. Bu haqda Rai Sport ma`lum qilmoqda.
Argentinalik futbolchining amaldagi bitimi 2018 yilga qadar mo`ljallangan. Yangi kelishuvga ko`ra uning yillik maoshi 5 mln evrodan 7 mln evrogacha oshadi. Ammo, tovon puli 94 mln evrodan 70 mln evrogacha tushadi.
Klub prezidenti Aurelio De Laurentis muzokaralar o`tkazilganini shaxsan tasdiqladi.
O`tgan mavsumda Iguain Italiya chempionatida 36 ta go kiritib, to`purarlik borasida 66 yil davom etgan rekordni yangiladi.





