AsosiySport

APLda eng ko`p maosh oluvchi futbolchi kim?

'APLda eng ko`p maosh oluvchi futbolchi kim?'ning rasmi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya Premer-ligasida eng ko`p maosh olayotgan futbolchisi sanaladi. Bu haqda L’Equipe xabar  bermoqda

Qayd etilishicha, 37 yoshli futbolchi "qizil iblislar" safida oyiga 2,63 million evro maosh oladi. Undan keyingi o`rindan "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne joy olgan. Belgiyalik xavbek oyiga 2,06 million evro maosh oladi. 

 Undan keyingi o`rinlardan "Manchester Yunayted"ning yana uch nafar a`zosi o`rin olgan. Bular – darvozabon David De Xea (1,93 mln evro oyiga), yarim himoyachi Jeydon Sancho (1,85 mln) hamda himoyachi Rafael Varan (1,62 mln).

    Boshqa yangiliklar