"Barselona" himoyachisi Jerar Pike – La Liganing ayni damdagi eng ko`p maosh oluvchi futbolchisi sanaladi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Pike oyiga 2,33 million evro maosh olmoqda. Undan keyingi o`rinlardan "Real"ning biryo`la ikki futbolchisi joy olgan. 2,27 mln oylik maosh bilan Garet Beyl va Eden Azar egallab turibdi.
Uchlikni esa "Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets egallagan. Ispaniyalik yarim himoyachining oylik maoshi 1,91 million evroni tashkil qilgan.
4-o`rinda "Barselona" himoyachisi David Alaba, 5-o`rindan "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann joy olgan. Ikkisining ham maoshi oyiga 1,88 mln evroni tashkil qiladi.






