"PSJ" hujumchisi Neymar Fransiya chempionatida eng ko`p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi. Bu haqda L’Equipe ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, braziliyalik futbolchi oyiga 4,083 million evro maosh oladi. Undan keyingi o`rinni Lionel Messi egalladi - 3,375 million evro oyiga. Uchlikdan Kilian Mbappe o`rin oldi. Uning maoshi oyiga 2,22 million evroni tashkil qiladi.
E`tiborlisi, TOP-20 likdan "PSJ"ning 18 nafar futbolchisi joy olgan. 15 hamda 18-o`rindan "Monako"ning ikki nafar a`zosi kiritilgan. Bu futbolchilarning maoshi oyiga 600 va 650 ming evroni tashkil qiladi.






