AsosiySiyosat

O`zbekiston va Italiya o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganiga 30 yil to`ldi

'O`zbekiston va Italiya o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganiga 30 yil to`ldi'ning rasmi

Bugun, 24 mart kuni O`zbekiston Respublikasi va Italiya Respublikasi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganiga 30 yil to`ldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Shu munosabat bilan O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Luiji Di Mayo o`zaro tabrik yo`lladi.

O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri o`z maktubida o`tgan yillar davomida ikki tomonlama munosabatlarning mustahkam poydevori yaratilgani, Evropa Ittifoqi, BMT institutlari va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida yaxshi hamkorlik yo`lga qo`yilgani qayd etilgan.

O`zbekiston va Italiya o`rtasidagi an`anaviy do`stona va o`zaro manfaatli munosabatlarni ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo`lida kengaytirish va mustahkamlashga ishonch bildirildi.

Italiya Tashqi ishlar vaziri O`zbekiston bilan Italiya o`rtasidagi o`zaro hamkorlik mustahkam sheriklikka aylangani, turli daraja va shakllardagi muntazam muloqotlar yo`lga qo`yilgani bunga yaqqol dalolat ekanini ta`kidladi.

«Italiya Evropa va O`zbekiston o`rtasidagi munosabatlar mustahkamlanayotganini olqishlaydi va shu maqsadda O`zbekiston va Evropa Ittifoqi o`rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to`g`risidagi bitim imzolanishini qo`llab-quvvatlaydi», — deyiladi Luiji Di Mayo maktubida.

    Boshqa yangiliklar