AsosiySport

Xalqaro uloq-ko`pkari musobaqasida "Qozog`iston" terma jamoasi g`olib bo`ldi

'Xalqaro uloq-ko`pkari musobaqasida "Qozog`iston" terma jamoasi g`olib bo`ldi'ning rasmi

Respublikada ilk marotaba o`tkazilayotgan uloq-ko`pkari bo`yicha xalqaro turnirning final bahslari yanada shiddatli va zavqli o`tdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Finalda "Qozog`iston" terma jamoasi hamda "O`zbekiston-1" jamoalari faxrli birinchi o`rin uchun kuch sinashishdi. Jamoaviy tarzda murosasiz kechgan bahslarda, qozog`istonlik chobog`onlarning qo`li baland keldi. 6:0 hisobida birinchi o`rinni qo`lga kiritishdi.

Yakuniy natijalarga ko`ra:

  • "Qozog`iston" jamoasi - 1-o`rin;
  • "O`zbekiston-1" jamoasi - 2-o`rin;
  •  "O`zbekiston-2" jamoasi - 3-o`rinni qo`lga kiritdi.

Turnir davomida barcha chavandozlar ishtirokida olomon uloq-ko`pkari o`yinlari ham o`tkazildi. Musobaqada g`oliblikni qo`lga kiritgan barcha chavandozlar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandilar,

    Boshqa yangiliklar