"Navruz Cup-2022" musobaqasi doirasidagi O`zbekiston - Qirg`iz Respublikasi (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Srechko Katanes matbuot anjumanida qatnashdi. Bu haqda SA xabar bermoqda.
"Qisqa gapiraman. Taassurotlarim yaxshi. O`yinchilarni g`alaba bilan tabriklayman. Juda shiddatli o`yin namoyish etdik, ko`plab vaziyatlar yaratdik. Hisobda ortda qolayotganimizda ham yaxshi o`ynadik. Afsuski birinchi taymda imkoniyatlardan foydalana olmadik. Asosiysi g`alaba", - deydi Katanes.
- Tezkor gol rejalarga ta`sir qildimi?
- Albatta o`yin boshida gol o`tkazilganida barchaga shok bo`ladi. Bo`lib turadigan holat. Agar ko`p narsa kutishgan bo`lsa, futbolda hamma narsa bo`lishi mumkin. Terma jamoadan o`yindan oldin ko`p narsa kutmaslik kerak, Italiya kecha kimga yutqazdi? Futbolda bunday narsalar bo`lib turadi. Kichik jamoalarga qarshi 8:0, 7:0 hisoblari qayd etilmaydi. Agar FIFA reytingida 200-o`rindagi jamoaga qarshi o`ynasak ham jiddiy yondoshib yutishimiz kerak.
- "Markaziy" stadion maydoni xalqaro talablarga javob berar ekanmi?
- Maydon yashil ko`rinmoqda, ammo ikkinchi o`yinda qaynday bo`lishi kerak bo`lsa, undan yomonroq holatda. Maydonni bahona qila olmaymiz. Doim to`pni tez harakatlantirdik, albatta ba`zi xatolar bo`ldi.
- Bugun jamoa turlicha o`ynadi. Bundan tashqari markaziy yarim himoyachilar yaxshi o`ynay olishmadi, Shomurodov almashtirilganidan keyin Sergeev ham yaxshi o`ynaganini ko`rdik.
- Shukurov va Hamrobekov o`rtasida balans topish kerak. Agar o`zimizni xarakiri qilmoqchi bo`lsak, 4 himoyachi oldidagi ikki tayanch yarim himoyachini oldinda o`ynatsak o`zimizni o`ldirib qo`yamiz. Bizda barcha statistik ma`lumotlar bor. Gol tayanch yarim himoyachilarning xatosi tufayli bo`lmaydi. Xatolarimizni bilaman, ularni shu pozisiyadagi eng yaxshi o`yinchilarimiz deb hisoblayman.
- Kechagi matbuot anjumanida o`rtoqlik o`yinlarida men uchun natija muhim emas degandingiz. Bugun uchinchi goldan keyin beshinchi himoyachini tushirdingiz, demak bugun aynan natija uchun o`ynadingiz deyish mumkinmi?
- Birinchi navbatda kecha doim natija uchun o`ynaymiz deb aytdim. Nima uchun bunchalik katta bosim bo`lishi kerak, chunki o`rtoqlik o`yinlarida o`yinchilarni sinab ko`rishimiz kerak. Terma jamoa doim qo`llab quvvatlanishi kerak, barcha muxlislar tomonidan, chunki futbolchilar muxlislardan qo`llab quvvatlashni his qilishi kerak. Bugun maydonda "Navbahor" o`ynadimi yoki terma jamoami tushunmay qoldim. Iltimos kim terma jamoa o`yinlariga kelsa terma jamoani oxirigacha qo`llab quvvatlasin.






