UEFA sobiq prezidenti Mishel Platini "PSJ" hujumchisi Lionel Messini tanqid qildi.
"Messi nimani xohlasa, shuni qilmoqda. U "Barselona"ni tark etishga qaror qildi. Deylik, sening yoshing 34 yoshda bo`lsa, holating qanday ekanini yaxshi tushunasan. Sen oldingidek o`ynay olmasligingni ham bilib turasan. Bunday holatni men boshdan o`tkazganman.
Messi kuchini Fransiya chempionatida sinab ko`rishni istadi. Lekin u endi hech qachon 5-6 yil oldingidek o`ynay olmaydi", - deya fikr bildirgan Platini.






