"Borussiya Dortmund" hujumchisi Erling Holand uchun bir qator jamoalar qiziqish bildirmoqda. Ular qatorida "Manchester Siti" ham bor. Bu haqda "AS" ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, "shaharliklar" norvegiyalik hujumchiga shaxsiy shartnoma borasida taklifni jo`natgan. Unga ko`ra, Holand ingliz klubi safida haftasiga 600 ming funt sterling maosh oladi.
Biroq 21 yoshli futbolchi "Manchester Siti"dan ko`ra, "Real" yo`l olishni istamoqda.






