Uels terma jamoasi va "Real" hujumchisi Garet Beyl futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda COPE xabar berdi.
Qayd etilishicha, 32 yoshli Uels terma jamoasi Qatarda bo`ladigan jahon chempionatiga yo`llanmaga ega bo`lmasa, butsalarini mixga iladi.
Chunki futbolchi "Real"da o`ynamayapti va kelajagini ko`ra olmayapti. Shu sababli Beyl faoliyatini yakunlashni o`ylamoqda.






