Velosport bo`yicha terma jamoamiz vakilasi Yanina Kuskova Tojikistonda o`tayotgan qit`a birinchiligida navbatdagi oltin medalga sazovor bo`ldi. Bugun 23 yoshgacha bo`lgan qizlar o`rtasidagi alohida startda sportchimiz eng yaxshi natijani qayd etdi. Bu haqda O`zbekiston MOQ xabar berdi.
24 km masofaga kechgan poygada Kuskova o`rtacha 42,19 km/s tezlik namoyish qildi. Masofani esa 34:08.064 daqiqa ichida bosib o`tishga muvaffaq bo`ldi. Ikkinchi va uchinchi o`rinlar Qozog`iston hamda BAA vakilalariga nasib etdi.
Velosport bo`yicha Osiyo chempionati
Qizlar o`rtasida (U-23) individual start
1. Yanina Kuskova (O`zbekiston) – 34:08.064
2. Bota Batirbekova (Qozog`iston) – 36:40.339
3. Safiya Alsaeg` (BAA) – 37:02.743






