Prezident Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an 29-30 mart kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo`ladi.
Oliy martabali mehmon tashrif doirasida oliy darajadagi O`zbekiston-Turkiya strategik sheriklik kengashining ikkinchi yig`ilishida ishtirok etadi.
O`zbekiston va Turkiya etakchilari o`tkazadigan muzokaralarning kun tartibidan ikki tomonlama do`stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, mamlakatlarimiz o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari o`rin olgan.
Asosiy e`tibor savdo, investisiyalar, innovasiyalar, sanoat, logistika, turizm va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida qo`shma kooperasiya loyihalarini ilgari surish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini amalga oshirishga qaratiladi.
Sammit yakunida Qo`shma bayonot va qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.