AsosiySiyosat

O`zbekiston-Malayziya ko`p qirrali hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi

'O`zbekiston-Malayziya ko`p qirrali hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi'ning rasmi

Malayziyada tashrif bilan bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Furqat Sidiqov bugun, 28 mart kuni Malayziya parlamenti Vakillar palatasi Spikeri Azhar Xarun bilan muzokaralar o`tkazdi.

Uchrashuvda O`zbekiston-Malayziya ko`p qirrali hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Parlamentlararo muloqotni faollashtirish, jumladan, tajriba almashish va ikki mamlakat qonun chiqaruvchi hokimiyatlari palatalari vakillarining tashriflarini tashkil etish orqali aloqalarni mustahkamlashdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Tomonlarning islom dinining boy merosini o`rganish bo`yicha qo`shma loyihalarni amalga oshirish sohasida O`zbekiston va Malayziya ilmiy markazlari o`rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligi ta`kidlandi.

Turizm sohasida, xususan, «ziyorat-turizm» yo`nalishidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratildi.

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko`rib chiqildi.

    Boshqa yangiliklar