AsosiySiyosat

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an rafiqasi bilan O`zbekistonga keldi

'Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an rafiqasi bilan O`zbekistonga keldi'ning rasmi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻan Oʻzbekistonga yetib keldi. Uning Istanbuldan yoʻlga chiqqan samоlyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi. Bu haqda Darakchi muxbiri xabar berdi.

Maʼlumot uchun, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 29-30-mart kunlari Oʻzbekistonga rasmiy tashrifni amalga oshiradi.

Prezident Rajab Toyib Erdoʻgʻanni va rafiqasi Emina Erdoʻgʻanni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev turmush oʻrtogʻi – birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva bilan kutib oldi.

Shuningdek, kutib olish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Gʻayrat Fozilov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev, Turkiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Olgan Bekar ham qatnashdi.

Shuningdek, Turkiya delegatsiyasi tarkibida Turkiya Adliya vaziri Bakir Boʻzdogʻ, Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Mehnat va ijtimoiy xavfsizlik vaziri Vedat Bilgin, Sogʻliqni saqlash vaziri Faxriddin Koja va Savdo vaziri Mehmet Mush va Prezident Administratsiyasi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Faxriddin Altun hamrohlik qilmoqda.

Tashrif doirasida Turkiya-Oʻzbekiston Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Kengash yigʻilishi munosabati bilan Turkiya-Oʻzbekiston munosabatlarining shartnomaviy zaminiga salmoqli hissa qoʻshadigan turli kelishuv va anglashuv memorandumlarining imzolanishi ham kun tartibidan oʻrin olgan.

    Boshqa yangiliklar