AsosiySiyosat

"Ota yurtingizga xush kelibsiz!", "Ota yurtimizga kelganimdan xursandman!" - O`zbekiston va Turkiya prezidentlari

'"Ota yurtingizga xush kelibsiz!", "Ota yurtimizga kelganimdan xursandman!" - O`zbekiston va Turkiya prezidentlari'ning rasmi

Turkiya va O`zbekiston Respublikalari prezidentlarining uzoq davom etgan yakkama-yakka uchrashuvidan so`ng kengaytirilgan muzokaralar boshlandi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

Shavkat Mirziyoev Turkiya delegasiyasiga o`z so`zini "Ota yurtingizga xush kelibsiz!" - deya boshlab, Turkiyani O`zbekiston mustaqilligini ilk tan olgan va Toshkentda eng birinchi bo`lib o`z elchixonasini ochgan davlat ekanligini yana bir bor e`tirof etdi.

"Turkiyada yurtimizdagi qadamjolarga tashrif buyurishni istaydigan millionlab insonlar bor. Shu sababli ikki davlat o`rtasida ziyorat turizmini rivojlantirish bo`yicha qo`shma dastur ishlab chiqishni taklif etaman", - dedi prezident.

O`z nutqi yakunida Shavkat Mirziyoev Turkiya prezidenti Rajab Erdo`g`anga so`z berdi.  

Turkiya prezidenti ham o`z so`zlarini samimiyat va muhabbat bilan boshlab, kirib kelayotgan Ro`zai Ramazon oyi butun Turk va Musulmon olamiga barokotlar olib kelishini tiladi. U ham o`z nutqida Ota yurtiga kelganidan xursand ekanligini ta`kidlab o`tdi.

Muzokaralar davom etmoqda. Batafsil ma`lumotlar bilan keyinroq tanishtiramiz.

    Boshqa yangiliklar