Evropa Chempionlar ligasi chorak final bosqichi doirasida "Real" va "Chelsi" jamoalari o`zaro bahs olib boradi.
Madridliklarda mazkur bahs oldidan jiddiy yo`qotish yuzaga keldi. Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko`ra, bosh murabbiy Karlo Anchelotti koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan.
"El Chiringuito TV" italiyalik mutaxassisning londonliklarga qarshi bahsni o`tkazib yuborishini taxmin qilmoqda. Shuningdek, Karlo 2 aprel kuni bo`lib o`tadigan La Liga doirasidagi "Selta" bilan o`yinda ham jamoa bilan bo`lmaydi.
"Qirollik klubi" Anchelotti qo`l ostida joriy mavsum ichki chempionatda peshqadamlik qilmoqda. Shuningdek, Superkubokda bosh sovringa ega chiqdi.






