AsosiySport

«MYu»da to`p surish orzusida ulg`ayganman — Brunu Fernandesh

'«MYu»da to`p surish orzusida ulg`ayganman — Brunu Fernandesh'ning rasmi

Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted» bilan amaldagi kelishuvini 2026 yilga qadar uzaytirgach, klub rasmiy saytiga fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

«Manchester Yunayted» safiga qo`shilganimdan buyon klub va jamoa muxlislari bilan ajoyib munosabat o`rnatdik. «MYu»da to`p surish orzusida ulg`ayganman va qachonlardir bu klubda to`p surish orzu edi. Endi esa bu orzum amalga oshgach, bu erda ko`proq vaqt qolmoqchiman.

«Old Trafford»ga kelganimga ikki yildan oshgan bo`lsa-da, bu erda har bir daqiqadan lazzatlanayapman. O`yingoh mening nomimni aytib kuylashidan haligacha har o`yinda hayajonlanaman. Bunday klub sharafini himoya qilish katta baxt.

Klubdagi har bir futbolchi, murabbiy va xodimlar singari bu erda ko`proq yutuqlarga erishmoqchiman. Biz muxlislar munosib bo`lgan katta yutuqlarga ega chiqishni istaymiz», - deya Fernandeshning so`zlarini keltirgan klub matbuot xizmati.

Ma`lumot uchun, portugaliyalik 27 yoshli futbolchi 2020 yilning yanvar oyidan buyon «MYu» safida to`p surib kelmoqda. U bu davrda 117 o`yinda 49ta gol va 39 assistga mualliflik qilgan.

    Boshqa yangiliklar