O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanga u rahbarlik qilayotgan partiya parlament saylovida g`alaba qozongani munosabati bilan tabrik yo`lladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichni ushbu lavozimga qayta saylangani bilan qutladi.






