Futbol bo`yicha Kopa Amerika-2016 turniri birinchi chorak finalida AQSh va Ekvador terma jamoalari o`zaro kurash olib bordi. Mazkur o`yinda AQSh vakillari zafar quchib, yarim finalga chiqishdi.
O`yinning 22 daqiqasida Dempsi hisobni ochdi. 65 daqiqaga kelib Zardes AQSh ustunligini oshirdi – 2:0. Ko`p o`tmay, aniqrog`i 74 daqiqada Arroyo hisobni qisqartirdi, biroq, bu uchrashuvdagi so`nggi gol edi.
Yarim finalda AQSh termasi Argentina-Venesuela uchrashuvi g`olibi bilan kuch sinashadi.
AQSh – Ekvador 2:1
Gollar: 1:0 – 22 Dempsi, 2:0 – 65 Zardes, 2:1 – 74 Arroyo.





