Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining qarori e`lon qilindi. Unga ko`ra, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga 39-Qozirobod saylov okrugidan saylangan deputat Nazarov Murodjon Taxirdjanovichning deputatlik vakolatlari o`z arizasiga ko`ra muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblandi.
Shuningdek, Nazarov Murodjon Taxirdjanovich xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko`rsatish masalalari bo`yicha doimiy komissiyasi tarkibidan chiqarildi.
Qarorga Toshkent shahar hokimi, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi raisi Jahongir Ortiqxo`jaev imzo qo`ygan.






