AsosiySiyosat

BMT qo`mita a`zosi Renata Vinterga "Inson huquqlari himoyasi uchun” ko`krak nishoni topshirildi

'BMT qo`mita a`zosi Renata Vinterga "Inson huquqlari himoyasi uchun” ko`krak nishoni topshirildi'ning rasmi

O`zbekistonning Avstriyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Abat Fayzullaev BMT Inson huquqlari bo`yicha qo`mitasi a`zosi Renata Vinterga "Inson huquqlari himoyasi uchun” ko`krak nishonini tantanali ravishda topshirdi. Bu haqda Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazining
matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, avstriyalik ekspert ushbu mukofotga “Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga qo`shgan hissasi uchun” nominasiyasi bo`yicha munosib topildi.

Rasmiy taqdirlash marosimi 2021 yil dekabr oyida “Inson huquqlari bo`yicha ta`lim: xalqaro tajriba va milliy amaliyot” xalqaro konferensiyasi doirasida bo`lib o`tgandi. Gibrid shaklidagi anjuman Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan EXHT va BMT Inson huquqlari bo`yicha oliy komissari Boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan.

Konferensiyada Milliy markaz direktori akademik Akmal Saidov Renata Vinterni “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko`krak nishoni bilan taqdirladi. Tadbirda ta`kidlanganidek, Renata Vinter O`zbekistonning uzoq yillar davomida mamlakatimizda bolalar mehnatiga barham berish, bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilish ishlariga munosib hissa qo`shib kelmoqda.

Shuni alohida qayd etish joizki, Renata Vinter bolalar huquqi va balog`atga etmaganlarga oid adliya tizimi bo`yicha xalqarpo miqyosda taniqli ekspert hisoblanadi. Shuningdek, u Serra-Leone Maxsus sudining sudyasi hamdir.

 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar