O`zbekiston kubogi 2-turi doirasidagi dastlabki ikki uchrashuv yakuniga etdi.
Namanganda o`tgan bahsda "Navbahor" Jamshid Iskanderovning yagona goli evaziga "Dinamo"ni mag`lubiyatga uchratdi. Yana bir bahsda "Lokomotiv" esa o`z maydonida Pro liga ishtirokchisi "Zomin" bilan durang o`ynadi, - 2:2.
"Navbahor" muddatidan oldin keyingi bosqichga yo`llanma oldi. Bu klub hisobida 6 ochko bor.
O`zbekiston kubogi. 2-tur
"Navbahor" - "Dinamo" - 1:0
Gol: Jamshid Iskanderov, 13.
"Lokomotiv" - "Zomin" - 2:2
Gollar: Sanjar Qodirqulov 21, Ma`ruf Jumaev 45 – Doniyor Usmonov 14, Saidmahmudxon G`ulomov 73.






