Dunyoda ketma-ket uch hafta davomida koronavirus bilan kasallanish ko`rsatkichlari pasaymoqda. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti shunga doir navbatdagi hisobotini e`lon qildi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.
Unda keltirilishicha, 4-10 aprel sanalarida 7,2 million nafardan ziyod bemor SOVID-19ni yuqtirgan. Bu avvalgi haftaga nisbatan 24 foiz kam ko`rsatkichdir.
Shuningdek, mazkur xastalikdan vafot etganlar soni 18 foizga kamayib, 22,3 mingdan ortiq kishi infeksiya asoratlaridan vafot etdi.
JSST tahliliga ko`ra, kasallanish holatlarining sezilarli kamayishi Amerika va Evropa qit`alarida qayd etilgan — 26 foiz. O`lim darajasining keskin pasayishi esa Afrikada kuzatildi — 73 foiz.
Shunga qaramay, jahonda hali pandemiya to`liq ortga chekingani yo`q. Jumladan, ba`zi mamlakatlarda “omikron” shtammi va uning turli subvariantlari keng tarqalmoqda.
Oqibatda Koreya Respublikasi, Germaniya, Fransiya, Vetnam, Italiya, Xitoy singari qator davlatlarda bemorlar soni kun sayin ortib boryapti.
Sog`liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.






