Xalqaro dzyudo federasiyasi (IJF) Toshkentda ilk marta o`tkaziladigan Jahon chempionatining ramzini tasdiqladi va ommaga ma`lum qildi.
Dzyudo bo`yicha kattalar o`rtasidagi Jahon chempionati shu yilning 6-13-oktyabr kunlari Toshkentdagi muhtasham “Humo Arena” muz saroyida bo`lib o`tadi. 13-oktyabr kuni esa jamoaviy bahslar o`tkaziladi.
Eslatib o`tamiz, mazkur dunyo birinchiligi yurtimizda ilk marotaba tashkil etilmoqda.






