AsosiyDunyo

Janubiy Afrikada suv toshqinlari oqibatida 250dan ortiq kishi halok bo`ldi

'Janubiy Afrikada suv toshqinlari oqibatida 250dan ortiq kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Janubiy Afrika Respublikasining Kvazulu-Natal provinsiyasida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida 253 kishi halok bo`ldi. Bu haqda shtat sog`liqni saqlash ijroiya kengashi a`zosi Nomagugu Simelane ma`lumotlari asosida aanews xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bir haftadan buyon mamlakatning eng yirik shaharlaridan biri Durban va uning atrofidagi hududlarda kuchli yomg`ir yog`di. Yog`ingarchilik darajasi har kvadrat kilometrga 300 mm dan rekord darajaga etdi. To`xtovsiz yog`ayotgan yomg`ir suv toshqinlari va ko`chkilarni keltirib chiqardi.

Keng tarqalgan ofat natijasida yuzlab turar-joy binolari zarar ko`rdi, eng yirik Durban portidan yuk tashish to`xtatildi.

Janubiy Afrika avtomobil transporti assosiasiyasi yo`llarda tiqilib qolgan yuk mashinalarini tortib olishga urinib, talonchilikka qarshi kurash haqida xabar berdi.

    Boshqa yangiliklar