AsosiyDunyo

Jahon banki Afg`onistondagi iqtisodiy vaziyat bo`yicha ma`lum berdi

'Jahon banki Afg`onistondagi iqtisodiy vaziyat bo`yicha ma`lum berdi'ning rasmi

Jahon Banki “Tolibon” hukmronligi davrida Afg`onistondagi biznes haqida hisobot tayyorladi. Bu haqda Zamon.uz xabar bermoqda. 

Unga ko`ra, toliblar boshqaruvi davrida har uchinchi korxona faoliyatni to`xtatgan. Masalan, kichik biznesda bu ko`rsatkich 38 foizni, o`rta biznesda 25 foizni va yirik biznesda 35 foizni tashkil etgan.

Bank so`rovnomalarida ishtirok etgan tadbirkorlarning 82 foizi mahsulotga bo`lgan talab pasayganini ma`lum qilgan. Bu esa daromadlar pasayishi va aholi xarid quvvatining kamayib ketishi bilan bog`liq.

Mamlakat iqtisodiyotining eng barqaror tarmog`i sifatida qishloq xo`jaligi tan olingan. shuningdek, ulgurji va chakana savdo ham uncha katta zarar ko`rmagan: bu turdagi korxonalarning 20 foizi yopilgan.

Tadbirkorlar o`z xodimlarining yarmini ishdan bo`shatgan. Shuningdek, 75 foiz ayollar ishidan ayrilgan. Ichki va tashqi resurslarni qo`lga kiritish qiyinlashgan.

Shu bilan birga so`rovnomada ishtirok etgan 60 foiz erkak va 33 foiz ayollar biznes uchun  nisbatan xavfsiz muhit shakllanganini ta`kidlagan. Deyarli barcha respondentlar korrupsiya kamayganini qayd etgan.

    Boshqa yangiliklar