AsosiySport

Ibrohimxalil Yo`ldoshev yozda Rossiyaning grand klubi safiga borib qo`shilishi mumkin

'Ibrohimxalil Yo`ldoshev yozda Rossiyaning grand klubi safiga borib qo`shilishi mumkin'ning rasmi

O`zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Ibrohimxalil Yo`ldoshev yozgi transfer oynasida jamoasini o`zgartirishi mumkin. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda. 

«Nijniy Novgorod» klubining 21 yoshli o`zbekistonlik himoyachisiga Moskvaning «Spartak» jamoasi qiziqish bildirmoqda. 

Qayd etilishicha, Moskva klubi Ibrohimxalil Yo`ldoshevni qariyb ikki oydan buyon kuzatib kelmoqda. U Rossiya Premer-ligasi 22-turi doirasida «Spartak» darvozasini ishg`ol (1:1) etgach, moskvaliklarning futbolchiga nisbatan qiziqishi yanada ortgan. Rossiyaning ko`p karra chempioni sanalmish ushbu klub, mart oyida jamoa bilan xayrlashib Braziliyaga qaytgan Ayrton o`rniga Yo`ldoshevni taklif etishni rejalashtirmoqda.

Ma`lumot uchun, 21 yoshli chap qanot hujumkor himoyachi RPL joriy mavsumida 19 o`yinda bitta gol va 2ta assistga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali Ibrohimxalilni 800 ming evroga baholagan.

    Boshqa yangiliklar