AsosiyDunyo

Afg`oniston O`zbekiston bilan tuzilgan 18 mln dollarlik shartnomani bekor qilishi mumkin

'Afg`oniston O`zbekiston bilan tuzilgan 18 mln dollarlik shartnomani bekor qilishi mumkin'ning rasmi

Afg`oniston temir yo`l ma`muriyati qo`shni davlatlar bilan mamlakat hududidagi temir yo`l vokzallarini ishlatish bo`yicha kelishuvlar bo`yicha yangi pozisiyasini e`lon qildi. Bu haqda Ariana News xabar bermoqda.

Rasmiylar shaxslarning xabariga ko`ra, har yili qo`shni davlatlar kompaniyalariga stansiyalarni boshqarish uchun o`n millionlab dollar to`langan.

Yangi rahbariyati hozirda temir yo`l vokzallarini boshqarishni  Afg`oniston milliy iqtisodiyotiga bevosita foyda keltirishi uchun afg`on kompaniyalariga topshirish rejasi ustida ishlamoqda.

Afg`oniston temir yo`llari boshqarmasi rahbari Baxtu-Rahmon Sharafat O`zbekiston kompaniyasi Hayraton portini ishlatish uchun yiliga 18 million dollarlik shartnomaga egaligini ma`lum qilgan. 

"Yuklarimizning katta qismini olib o`tadigan Hayraton porti uchun O`zbekiston kompaniyasi tomonidan yiliga 18 million dollarlik shartnoma tuzilgan. Afg`oniston kompaniyalari esa bu shartnomani 25 foiz arzonga amalga oshirishga tayer",  - deydi Sharafat. 

    Boshqa yangiliklar