AsosiySport

O`zbek slalomchilari Ugomda Osiyo o`yinlariga tayyorgarlikni boshladi

'O`zbek slalomchilari Ugomda Osiyo o`yinlariga tayyorgarlikni boshladi'ning rasmi

Ayni kunlarda slalomda eshkak eshish bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi Toshkent viloyatining Ugom maskanida navbatdagi yig`inni o`tkazmoqda. 24 aprelga qadar davom etadigan ushbu mashg`ulotlarga xorijlik mutaxassis ham jalb etilgan. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi xabar bermoqda.

"O`zbekiston Rowing&Canoe federasiyasining taklifiga binoan rossiyalik murabbiy Pavel Smirnov mahalliy trenerlarimiz bilan mashg`ulotlarni olib bormoqda",-deyiladi unda.

Qayd etilishicha, mashqlar davomida rossiyalik mutaxassis sportchilarimizning harakatini kuzatib, o`zining kerakli tavsiyalarini beryapti. Yig`inga 6 nafar sportchi va 3 murabbiy jalb etilgani aytiladi.

Eslatib o`tamiz, o`tgan oy o`zbek slalomchilari Tailandda o`tgan Osiyo chempionatida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqishgan edi. Mazkur yig`in yilning eng muhim starti - Osiyo o`yinlariga tayyorgarlikning birinchi qadami hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar