AsosiySport

O`zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin mag`lubiyatga uchrab, Meksikadagi turnirni tark etdi

'O`zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin mag`lubiyatga uchrab, Meksikadagi turnirni tark etdi'ning rasmi

11 aprel kuni Meksikada tennis bo`yicha “Challenger” tasnifiga kiruvchi “San Luis Potosi” turniriga start berilgan edi. Mazkur turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ikkinchi uchrashuvini o`tkazdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, ATP reytingida 296-o`rinda borayotgan Istomin reytingda 143-o`rinni egallab turgan amerikalik tennischi Ernesto Eskobedoga qarshi kortga chiqdi.

Uchrashuvda hamyurtimiz amerikalik raqibidan 4:6, 6:4, 3:6 hisoblarida mag`lub bo`ldi.

Natijada, o`zbekistonlik tennischi Meksikadagi turnirning 1/8 finalidayoq ishtirokini yakunlandi.

Ma`lumot uchun, “San Luis Potosi” turniri g`olibi 17 aprel kuni aniqlanadi.

 

 

    Boshqa yangiliklar