Osiyo chempionlar ligasi 3-turida "Paxtakor" klubi Qatarning "Al Duhail" klubiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvda dastlab "sherlar" hisobni ochgan bo`lishiga qaramay, qatarliklar ikkinchi bo`limda muvozanatni tikladi. Keyinchalik yana "Paxtakor" gol urdi. Ammo, kutilmaganda "Al Duhail" ketma-ket ikki bor toshkentliklar darvozasini ishg`ol qildi.
"Al Duhail" safida belgiyalik hujumchi Edmilson uch marotaba "Paxtakor" darvozasini ishg`ol qildi va jamoasi g`alabasiga o`z hissasini qo`shdi.
Shu tariqa, "Paxtakor" 3-turda "Al Duhail"ga imkoniyatni boy berib qo`ydi.
OChL, 3-tur
"Al Duhail" - "Paxtakor" - 3:2
Gollar: Oliver Sharkich 44, 0:1, Edmilson 67, 1:1, Sardor Sobirxo`jaev 70, 1:2, Edmilson 72, 2:2, Edmilson 84, 3:2






