Jahon bozorida oziq-ovqat narxi keskin oshishi hamda qurolli guruhlarning xatti-harakatlari oqibatida Janubiy Sudanning 9 millionga yaqin aholisiga bu yil ocharchilik xavf solmoqda. Bu haqda BMTning Janubiy Sudandagi missiyasi rahbari Nikolas Xeys ma`lum qildi.
"Ming afsuski, Janubiy Sudan aholisining uchdan ikki qismi yoki 9 mln kishi, shundan 4,6 mln nafari bolalar — tirik qolish uchun ko`makka muhtoj. Oziq-ovqat etishmovchiligi mamlakatning turli nuqtalarini qamrab oladi", — dedi u.
Bundan tashqari, qit`aning Efiopiya, Keniya, Somali, Uganda va Tanzaniyada oziq-ovqat narxi rekord darajada qimmatlashib ketgan. Bu esa aholini ocharchilikga yuz tutishiga olib kelmoqda.






