Ukrainaga harbiy yordam etkazib AQSh shaxsiy qurol zahiralarining katta qismini yo`qotishi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligida maqola e`lon qilindi, deya yozmoqda "Zamon"
Maqola muallifi Xel Brendsning so`zlariga ko`ra, AQSh Ukraina atrofidagi vaziyatda "demokratiya arsenali" vazifasini bajarmoqda. Ammo vaqt o`tishi bilan bu arsenal zaxiralari kamasishi mumkin.
"Qo`shma Shtatlar allaqachon o`zining tankka qarshi Javelin raketalar tizimining uchdan birini etkazib berdi", — degan ekspert.
Shuningdek, hozirda Ukraina armiyasiga aviasiya va o`q-dori ham etishmayapti. Agar ularning etkazib berilishi xam ko`paytirilsa, Vashington qurol-yarog` omborlaridagi rezervlarning o`ta kamayib ketishiga duch keladi. Brends ularning o`rnini to`ldirish uchun oylar yoki bir necha yil ketishidan ogohlantirgan.
Uning qo`shimcha qilishicha, Xitoy yoki Rossiya bilan nizoda Qo`shma shtatlar shaxsiy zaxiralarini bir necha kunda tugatib qo`yishi mumkin.
"Shu tariqa G`arb davlatlari Ukrainaga qurol etkazib berish yoki chegaralangan zaxiralarni saqlab qolish tanlovi oldida turibdi", — deb xulosa qilgan Brends.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Vashington Kievga 750 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini ajratgandi.






