Avstraliyada koronavirusning «XE» shtami bilan kasallanishning birinchi tasdiqlangan holati qayd etildi. Bu haqda Yangi Janubiy Uels shtati sog`liqni saqlash vazirligi manbasiga tayangan holda “TASS" xabar bermoqda.
"Bu Avstraliyada aniqlangan birinchi ‘XE’ turi hisoblanadi va u chet eldan kelgan odamda qayd etilgan", deyiladi xabarda.
Avstraliya Sog`liqni saqlash vazirligida ta`kidlanganidek, ayni damda mamlakatda pandemiya boshlangandan beri yangi turdagi koronavirus bilan kasallangan 5,26 milliondan ortiq kishida yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlar aiqlangan.
Ma`lumot uchun, Avstraliyada pandemiya boshlandan beri kasallikdan vafot etganlar soni 6693 nafarni tashkil etmoqda.






