AsosiyDunyo

“Arqadag`” Turkiy davlatlar tashkilotining Oqsoqollar kengashiga kiritildi

'“Arqadag`” Turkiy davlatlar tashkilotining Oqsoqollar kengashiga kiritildi'ning rasmi

Turkmaniston sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi a`zosi etib saylandi. Bu haqda tashkilot kotibiyati xabar berdi, deya yozmoqda "Zamon" nashri


“Kotibiyat Gurbanguli Berdimuhammedovning Oqsoqollar kengashi a`zoligi bilan faxrlanadi va uning donoligi, bilimi va tajribasi kengash salohini boyitishiga hamda tashkilot mavqeini oshirishda muhim rol o`ynashiga ishonadi”, – deyiladi kotibiyat bayonotida. 


Shuningdek, Berdimuhammedovning Kengash faoliyatidagi ishtiroki Ashxobodning turk dunyosi bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorligini chuqurlashtirishiga umid bildirilgan. 


Turkmaniston 2021 yilda Istanbuldagi Turkiy davlatlar tashkilotining 8 sammiti yakuniga ko`ra ushbu tuzilmada kuzatuvchi maqomga ega bo`ldi. 


Eslatib o`tamiz, avvalroq Turkmaniston hukumati iste`foga chiqarilgani to`g`risida xabar berilgandi.

    Boshqa yangiliklar