Toshkentda o`tkazilayotgan badiiy gimnastika bo`yicha Jahon kubogida terma jamoamiz dastlabki medalini qo`lga kiritdi. Mahoratli sportchimiz Taxmina Ikromova biroz avval yakunlangan bahsda oltin medal sohibi bo`ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati ma`lum qildi.
Ko`pkurash dasturida yurtimiz sharafini himoya qilgan Taxmina 119.60 ball jamg`arishga erishdi. Ta`kidlash joiz, bu Ikromova uchun Jahon kubogi bosqichlaridagi birinchi oltin medal bo`ldi.
Badiiy gimnastika bo`yicha Jahon kubogi, ko`pkurash
1. Taxmina Ikromova (O`zbekiston) - 119,60
2. Ekaterina Vadeneeva (Sloveniya) - 118,20
3. Darja Varfolomedeev (Germaniya) - 112,65.






