12-13 may kunlari Vashingtonda AQSh va Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assosiasiyasi davlatlari (ACEAN) sammiti bo`lib o`tadi. Bu haqda zamon.uz Oq uy matbuot kotibi Jen Psakiga tayanib ma`lum qildi.
Uning so`zlariga ko`ra, ushbu uchrashuvda Jozef Bayden ham ishtirok etadi.
“Bayden va Xarris administrasiyasi uchun Janubi-sharqiy Osiyoda ishonchli hamkor bo`lish ustuvor vazifa hisoblanadi”, — degan matbuot kotibi.
Shu bilan birga, Psaki Vashingtonning maqsadi Hind-Tinch okeani mintaqasi erkin, ochiq, xavfsiz, birlashgan va barqaror bo`lishini ta`minlash ekanini qo`shimcha qilgan.
AQSh va ACEAN sammiti 28-29 mart kunlari bo`lib o`tishi kerak edi. Ammo ayrim davlat rahbarlarining grafigi bois u keyinroqqa qoldirildi.
Ma`lumot o`rnida: ACEAN’ga 1967 yilda asos solingan. Hozirda unga Bruney, Vetna , Indoneziya, Kambodja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand va Filippin a`zo.






