Toshkent mezbonlik qilgan badiiy gimnastika bo`yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi o`z yakuniga etdi.
15 mamlakat vakillari ishtirok etgan bellashuvlarda O`zbekiston terma jamoasi faoliyatida yangi sahifa ochildi.
Dastlab ko`pkurash dasturida tengsiz bo`lgan yosh gimnastikachi Taxmina Ikromova halqa va bulava mashqlarida oltin, tasmada esa bronza medalini qo`lga kiritdi. Shu tariqa, Ikromovaning o`zi ushbu musobaqada 3 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo`ldi.
O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi buni qayd etmoqda.
Ta`kidlanishicha, Ra`no Muhamedova hamda Nilufar Shomurodova qo`l ostida shug`ullanayotgan qizlar dastlab ko`pkurash dasturida, so`ng 5 halqa mashqida kumush, 3 tasma va 2 to`p dasturida esa oltin medal bilan taqdirlanishdi.
Shu tariqa, mazkur bosqichda O`zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 2 ta kumush hamda 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o`rinni qo`lga kiritdi.
Eslatib o`tamiz, bir muddat avval. Ikromova Jahon kubogini oltin medal bilan boshlagani, shuningdek, O`zbekistonlik gimnastikachilar guruh mashqida kumush medalga sazovor bo`lgani haqida ma`lumot bergan edik.






