"Sent-Eten" bosh murabbiyi Paskal Dyupra musulmon futbolchilardan Ramazon oyida ro`za tutmaslikni so`radi. Bu haqda L'Equipe xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur jamoada musulmon fubolchilar ko`pchilikni tashkil qiladi. Ayni vaqtda klub chempionatning 18-o`rinida boryapti va ligadan tushib ketishi mumkin.
Shu sababli bosh murabbiy futbolchilardan ro`za tutmasligini va jamoani chempionatda saqlab qolishni iltimos qilgan. Hozircha futbolchilar nima deb javob qaytarishgani noma`lum.






