Agar AQSh qo`shinlari jo`natilmasa, Ukraina “ikkinchi Suriya”ga aylanishi mumkin. Bu haqda Qo`shma Shtatlar senati a`zosi Kristofer Kuns ma`lum qildi.
"Bayden va uning administrasiyasi sanksiyalar masalasida ko`p ishlarni amalga oshirdi... Ammo hal qiluvchi payt keldi”, – degan u.
Shu sababli Kuns Ukrainaga AQSh qo`shinlarini jo`natishni taklif qilgan.
Ma`lumot o`rnida: Rossiya 24 fevral kuni Ukrainaga qarshi harbiy operasiya boshlaganini e`lon qildi. Hozirga qadar mamlakat sharqida ayrim hududlar egallangan.
Harbiy mojaro davomida AQSh boshchiligidagi G`arb davlatlari Kievga bir necha milliard dollarlik harbiy yordam etkazib berdi.






