Angliya Premer-ligasining 34-turidan o`rin olgan bir qator uchrashuvlar yakunlandi.
"Manchester Siti" o`z maydonida "Uotford"ni qabul qildi hamda 5:1 hisobida muvaffaqiyat qozondi. Bellashuvda Gabriel Jezus pokerga erishdi.
Shu tariqa, "shaharliklar" peshqadamligini mustahkamladi. "Nyukasl" esa autsayder "Norvich" ustidan 3:0 hisobida g`alaba qozondi.
APL. 34-tur
Manchester Siti – Uotford 5:1
Gollar: 1:0 – 4 Gabriel Jezus, 2:0 – 23 Gabriel Jezus, 2:1 – 28 Kamara, 3:1 – 34 Rodri, 4:1 – 49, penalti Gabriel Jezus, 5:1 – 53 Gabriel Jezus.
Norvich – Nyukasl 0:3
Gollar: 0:1 – 35 Joelinton, 0:2 – 41 Joelinton, 0:3 – 49 Bruno Gimaraes.






