Ona tili Ozarbayjonning barcha fuqarolarini birlashtiradi.
Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev 22 aprel kuni Shusha shahrida bo`lib o`tgan Jahon ozarbayjonlarining V qurultoyida so`zlagan nutqida aytib o`tdi.
“Albatta, biz ikkinchi va uchinchi avlod ozarbayjonlari o`z madaniyatiga bog`liq bo`lishini juda xohlaymiz. Bu, albatta, unchalik oddiy savol emas. Bu erda, birinchi navbatda, ozarbayjon tilini bilishlari kerak. Albatta, ozarbayjon tilini faqat oilalarda saqlab qolish mumkin, ammo bu etarli emas. Shuning uchun biz ozarbayjon maktablari, yakshanba maktablari ochilishiga doimo yordam berishga tayyormiz. Aslida biz buni qilamiz. Balki buni uyushqoqlik bilan qilish kerakdir, chunki ona tili asosiy omil hisoblanadi. Ona tili Ozarbayjonning barcha fuqarolarini birlashtiradi.
Xorijda yashayotgan ozarbayjon yoshlarimiz ham Ikkinchi Qorabog` urushi tarixini yaxshi bilishlari, ham bu haqiqatlarni do`stlariga etkazishlari kerak. Bir so`z bilan aytganda, xorijda yashayotgan ozarbayjonlar katta kuch. Ularning mehnati mamlakatimiz uchun juda muhim. Ularning faolligi va ozarbayjon haqiqatlarini etkazish, Ozarbayjon manfaatlarini himoya qilish davlatimizni yanada mustahkamlaydi, albatta. Biz Ozarbayjon davlati sifatida o`z faoliyatimizda xorijdagi ozarbayjonlar hayoti bilan doimo qiziqamiz, aloqalar o`rnatamiz. Bu davlatlararo munosabatlar tekisligida muhim omil hisoblanadi. Men hamkasblarim, ozarbayjonlar istiqomat qiladigan mamlakatlar rahbarlari bilan birga bu masalaga doimiy e`tibor qaratib kelaman”, dedi Aliev.






